O‘zimni yig‘lashdan tiyolmayapman – Aleksandr Zinchenko

Sport

image

“Manchester Siti”ning ukrainalik himoyachisi Aleksandr Zinchenko Vatanidagi urush uning hayotidagi eng yomon voqea ekanini aytib, bir necha kundan beri o‘zini yig‘idan tiyolmayotganini aytdi.

“Angliya vaqti bilan yarim tunda xotinim meni uyg‘otdi. Rafiqam tinmasdan yig‘lardi. Keyin, u menga Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarning videosi va fotosuratlarini ko‘rsatdi. Men hayratda qoldim. Ehtimol, siz uchun eng yomon tuyg‘u yaqin odamingiz vafot etganidagi hissiyotlardir. Lekin men Ukrainada tasvirga olingan foto va videolarni ko‘rib,  bundan ham battar ahvolga tushdim. Men yig‘layapman, bu bir haftadan beri davom etmoqda. Har qanday joyda, hatto mashg‘ulotlar bazasidan chiqib, mashinada ketayotganimda ham, yig‘lashdan o‘zimni tiyolmayapman”, degan Ukraina terma jamoasi himoyachisi.

Ma’lumot o‘rnida, Zinchenko to‘p suradigan futbol bo‘yicha Angliya premer ligasi bahslarida, deyarli barcha futbol klublari urushga qarshi birlashmoqda. Shuningdek, jamoalar maydonga Ukraina bayrog‘i tushirilgan liboslarda chiqib kelishyapti. Bundan tashqari, ukrain sporti yuluzlari hisoblangan Aleksandr Usik, Vasiliy Lomachenko, Andrey Shevchenko va boshqalar xalqni rus bosqinchilariga qarshi birlashishga chorlamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing