“O‘zimizning yigit-ku bu”. Toshkentda YPX xodimi tanishiga chora ko‘rmasdan qo‘yib yubordi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi Matiz rusumli avtomobilni to‘xtatib, keyin haydovchi bilan suhbatda “o‘zimizning yigit-ku bu, bo‘ldi ketavering”, deb qo‘yvorgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi holat bo‘yicha izoh berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida YPX xodimi O.Shokirjonov tomonidan Matiz rusumli avtomobil to‘xtatilgan. YPX xodimi haydovchiga boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani hamda yo‘l chizig‘ining talabiga rioya qilmaganini aytgan.

O‘zaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Sh.Nuraliyev aralashgan va haydovchiga o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rmasdan ketishiga ruxsat bergan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing