O‘zil “Fenerbahche”ni tark etdi
Sport
−
12 iyul 2022
362433 yoshli germaniyalik hujumkor yarim himoyachi Mesut O‘zil Turkiyaning “Fenerbahche” klubini tark etdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. O‘zil joriy yilning aprel oyida turk klubining asosiy tarkibidan chetlatilgan va birorta rasmiy o‘yinlarida qatnashmagan.
Qayd etish joizki, 2021-2022 yilgi mavsumda O‘zil “Fenerbahche” safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida Germaniyaning “Shalke-04”, Londonning “Arsenal”, Ispaniyaning “Real Madrid” va boshqa klublarda to‘p tepishga muvaffaq bo‘lgan. Hozircha, germaniyalik turk erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. Uning keyingi manzili qaysi klub ekanligi noma’lum.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi