“O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor”. Lukashenko Putinni ovutdi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan keyin xorijga ketgan rossiyaliklar qaytib keladi deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 26 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan.

“Bizni safarbarlik oqibatida odamlarni chet elga chiqib ketishi bilan qo‘rqitishmoqda. Eshiting, Rossiyada 25 million safarbarlik resurslari mavjud. Mayli, 30 mingi qochib ketsin, mayli, 50 ming. Agar ular shu yerda qolishganida, bizning odamlarimiz bo‘larmidi? Ketishlariga ruxsat bering”, deydi Lukashenko.

Shuningdek, u bu haqda tashvishlanmaslik kerakligini, ketayotganlar baribir qaytib kelishini alohida ta’kidlagan.

“Bu haqda qanday fikrda ekanligingizni bilmayman, men unchalik xavotirda emasman. 2020 yilda Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatdan bir necha ming kishi ketgan. Ular orqaga qaytishni so‘ramoqda. Ko‘pchilik ularni qaytarishimni so‘rashadi. Ketishlariga ruxsat bering. Bular ham keladi”, deydi Belarus fuqarosi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Belarusda amaldagi davlat rahbari g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari yakunlari sarhisob qilinganidan keyin norozilik namoyishlari boshlangandi. Fuqarolar norozilik namoyishlarida hibsga olishlar fonida ommaviy ravishda mamlakatni tark eta boshladilar. Belarusni muxolifat vakillari, jumladan, Lukashenkoning saylovlardagi asosiy raqibi bo‘lgan rahbari Svetlana Tixanovskaya ham tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada safarbarlik boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rezervda bo‘lgan va tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

“Ob’yasnyayem.rf” hukumat portalida 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjantlar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar, 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar birinchi navbatda safarbar qilinishi aytilgan. Safarbarlik ortidan rossiyaliklar ommaviy ravishda vatanini tashlab, xorijiy davlatlarga chiqib ketishni boshladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik doirasida 300 ming kishini armiyaga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made