O‘zgidromet Toshkentdagi qum bo‘roni sababini ma’lum qildi
Jamiyat
−
04 noyabr 2021
43991Avvalroq, 4 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazi Guliston shahrida va viloyatning boshqa tumanlarida qum bo‘roni ko‘tarilgani aks etgan videolavhalar tarqalgani haqida xabar bergandik.
So‘ngra qum bo‘roni mamlakat poytaxti Toshkentga ham yetib kelgani aks etgan videolavhalar paydo bo‘ldi.
Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelib, sovuq front zonasida shamolning tezligi 12-15 metr/sekundgacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi kuzatildi.
“Shamol kuchayishi oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 metrgacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi.
Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi.
Ayni damda shamol tezligi 5-10 metr/sekund va mazkur holat tungi soat 00:00 gacha davom etishi prognoz qilinadi”, deyiladi O‘zgidromet bergan xabarda.
Azizbek Nahanov
LiveBarchasi