O‘zgidromet Toshkentda nega “loyli qor” yog‘ganini tushuntirdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 noyabr kuni tongda Toshkentda birinchi qor yog‘di. Biroq qor kutilganidek oppoq bo‘lmadi. Gidrometeorologiya xizmati markazi nega iflos qor yog‘ganiga izoh berdi.

Qayd etilishicha, 10:30 da qor qatlami 12 santimetrni tashkil etgan. Qordan namunalar olinib, tekshiruv o‘tkazilganda, ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatilgan. 

Ma’lum qilinishicha, ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lgan.

O‘zgidrometga ko‘ra, agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘ingarchilik kuzatilmagan. Bugun, 17 noyabrda esa respublikaning butun xududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib kelgan.

Aytish joizki, shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chib, tuproq va qum rangini bo‘yab, Toshkent shahriga cho‘kdi.

Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlari: qorning pH-9,6 ni tashkil etdi-ishqorli muhit. Odatda  pH-7 bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2 ni tashkil etdi, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bugun, 17 noyabr kuni soat 5:10 da Toshkent shahrida atmosfera havosida muallaq zarralarning keskin oshishi qayd etilgan, ular 2.3 PEM'ni tashkil etgan. Ta’kidlanishicha, yog‘inlar yog‘ishi havoni tozalanishiga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

loyli qor

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar