O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 fevral 2024 81283 1 daqiqa
Joriy yilning 16-22 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
- Quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida.
Shuningdek, 16-17 fevral kunlari A-373 "Toshkent-O‘sh" avtoyo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 18 - 23 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga mumkin.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart