O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
03 mart 2023
72420Joriy yilning 5-10 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-6 va 8-10 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Xabibullayev o‘zining Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.
5 va 7 mart kunlari Jizzax, Navoiy viloyatlarida chang-to‘zon kuzatiladi. Jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida 7 mart kuni 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6 va 8-10 mart kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
LiveBarchasi