O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
13 fevral 2023
67326O‘zbekistonda ushbu hafta oxirigacha kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin, 14-16 fevralda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shuningdek, 9 ta viloyatda sel kelishidan ogohlantirilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Xabibullayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14-18 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deb yozgan Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori.
LiveBarchasi