O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi

Jamiyat

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yil 6-7 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida noqulay ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Markaz xabariga ko‘ra, “Qamchiq” dovoni xududida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, shamol tezligi 17 – 22 m/s va qisqa vaqtlarda 25-27 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing