O‘zgidromet shoshilinch axborot e’lon qildi
Jamiyat
−
02 iyul 2022
84464Joriy yilning 3 iyulida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3-5 iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
• 3 iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida;
• 3-4 iyul Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
• 4-5 iyul Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-28 m/s ga yetishi mumkin.
LiveBarchasi