O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi
Jamiyat
−
06 aprel 2022
78221Joriy yilning 8-11 aprel kunlari O‘zbekistonning ba’zi joylarida shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 8 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi.
10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi.
11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
LiveBarchasi