“O‘zgidromet” rahbari ham o‘z joyida qoldi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
5554Prezident qarori bilan tabiat resurslari vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi. Endilikda vazirlik tarkibiga olingan “O‘zgidromet” rahbari esa o‘z joyida qoldi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Obidjon Qudratov tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kulayotgan edi.
Shuningdek, Jusipbek Kazbekov tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Undan oldin esa Kazbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.
“O‘zgidromet” xizmati markazini uch yildan beri boshqarib kelayotgan Sherzod Habibullayev esa o‘z lavozimida, ya’ni Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori lavozimida qoldi.
Sherzod Habibullayev 1976 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2017 yil iyun oyidan 2020 yilga qadar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
2013−2017 yillarda esa u AKT vazirligi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi