“O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
20 fevral 2022
4477O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 28 fevralgacha qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatning tog‘li hududlarida 2022 yil 19 fevraldan 28 fevralgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi