O‘zgidromet Qamchiq dovonidan o‘tuvchilar uchun shoshilinch xabar e’lon qildi

Jamiyat

image

Ertaga, 17-noyabr kuni Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 17 noyabr kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq davoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 metr/sekunddan 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 noyabrda O‘zbekistanga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing