O‘zgidromet dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
Bu qiziq
−
22 Oktabr 2021
11595Bugun, 22 oktyabr kunlari O‘zbekistonning kattta qismida quruq va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +8…+13 darajani tashkil etadi, bu oktyabr oyining oxirgi o‘n kunligi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 8-10 darajaga pastdir. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha va respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi. Ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat me’yordan past bo‘ladi.
Ertaga kechasi havo harorati -2…+3 darajani tashkil etadi, kunduz kuni +11…+16 darajadan oshmaydi. Yakshanba kuni havo biroz iliq bo‘ladi, kechasi 0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kuni +13...+18 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi