O‘zgidromet aholiga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 27-29 may kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida kutilayotgan kuchli yomg‘ir sababli, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 27-29 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

•  Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;

•  Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod tumanlarida;

•  Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

•  Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

•  Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

•  Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

•  Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

•  Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

•  Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing