O‘zEOAVMA va BBС telekanali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi
Jamiyat
−
03 may 2019
3224Har yili 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni doirasida media kunlar tashkil etiladi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining 2018 yil yakunlari va 2019 yildagi istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya kun tartibidan nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarining 2018 yilga mo‘ljallangan Rivojlanish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zEOAVMA a’zolarining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi loyihasi taqdimoti, hududiy nodavlat telestansiyalar efir dasturlarini sifatli media-kontent bilan boyitish, milliy manfaatlarga mos axborot tarqatish orqali ko‘maklashish – (teletarmoq) loyihasi taqdimoti va muhokamasi, nodavlat teleradiouzatuvchilarning Rivojlanish dasturi loyihasi muhokamasi va shu kabi dolzarb masalalar muhokamasi o‘rin oldi.
Konferensiyada shu va assotsiatsiya faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza, taqdimot va hisobotlar tinglandi.
Muhokamalar tashkil etilib, tegishli qaror va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zEOAVMA va Buyuk Britaniyaning ВВС telekanali o‘zbek xizmati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
LiveBarchasi