O‘zDJTU rektori ishdan ketdi, ammo o‘zining xabari yo‘q 

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Botirovich Azizov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. 

Mazkur qarordan xabardorligini bilish maqsadida QALAMPIR.UZ O‘zDJTU rektori Ulug‘bek Azizov bilan bog‘landi. Rektor o‘zining lavozimdan ozod etilgani haqidagi qarordan bexabarligini aytdi. 

Shuningdek, Hukumat qarori bilan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimini egallab kelayotgan Nusratullo Rajabovich Barakayev ham ishdan bo‘shatilgan. 

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Azizov 2020 yilning avgustidan buyon O‘zDJTU rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing