O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 12 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 473 so‘m 20 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 23 so‘m 76 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 796 so‘m 16 tiyinga baholanib, 34 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 84 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 29 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

883

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing