“O‘zbekkosmos”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, kosmik tarmoqni rivojlantirishning 5 yillik konsepsiyasi va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ularda yerni masofadan zondlash, telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini yaratish, ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, aerokosmik startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadlar belgilangan.

Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatish mo‘ljallanmoqda. Bular – kosmik suratlarni tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, bu jarayonda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabilardir.

Davlat rahbari bu chora-tadbirlarning natijadorligi qanday bo‘lishi bilan qiziqdi.

Qayd etilishicha, bu tarmoq rivoji qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya kabi ko‘plab sohalarda qo‘l keladi. Masalan, ekinlarning turi va maydoni, yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy chiqindi joylari paydo bo‘lishini aniqlash darajasi 95 foizgacha yetadi. Suv inshootlari, yer qa’ri va foydali qazilmalar muhofazasi ham yanada kuchayadi.

Prezident bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni qabul qilishga ko‘rsatma bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing