“O‘zbekkino” Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

“O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlanadi.

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini ta’sis etiladi va uni 2021 yildan boshlab muntazam o‘tkazib boriladi;

kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi;

oliy ta’lim muassasalarining kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi;

“Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib boriladi;

milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishonini ta’sis etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing