O‘zbekistonda 4 oyda qancha oila buzilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy hayotdagi eng dolzarb muammolardan biri bu oilalardagi ajrimlardir. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 12 806 ta oilaviy ajrim qayd etilgan. Bu haqda Bugun, 4 iyun kuni Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mukarram Nurmatovaning aytishicha, oilalardagi ajrimlar oqibatida 20 mingdan ko‘proq bola bugungi kunda tirik yetimga aylanganini aytib, ayrim statistik ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Hozirgi kunga qadar 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi ajrimlar soni 3674 tani tashkil etmoqda. Bu bizni yoshlar bilan yanada ko‘proq ishlashga undaydigan raqamlardir. Oilaviy ajralishlarning eng  ko‘pi oila qurilganidan keyingi birinchi uch yillikda sodir bo‘lmoqda. Mazkur holat umumiy ajralishlarning 25 foizini tashkil etadi”, deydi Mukarram Nurmatova.

Boshqarma boshlig‘i so‘zida davom etarkan bugungi kundagi ajrimlarga olib kelayotgan omillarga va mana shu omillar bilan bog‘liq foizlarga ham to‘xtaldi.

Kuzatishlarga ko‘ra, oilalardagi ajrimlarning:

●  48,4 foizi er-xotin o‘rtasidagi janjallar;
●  17,4 foizi oilaga uchinchi shaxsning (qaynona, qaynota yoki boshqa qarindoshlarning)  aralashuvi;
●  11 foizdan oshiqrog‘i yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi;
●  6,3 foizi moddiy yetishmovchilik, turmush o‘rtog‘ining ishsizligi;
●  5,3 foizi bepushtlik;
●  5,5 foizi tomonlardan birining ichkilikka, giyohvandlikka ruju qo‘yishi;
●  3,5 foizi ichki va tashqi migratsiya natijasida yuzaga kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda 2020 yil davomida FHDYO organlarida 28,2 mingta ajrim holatlari  qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 mingtaga kam.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing