O‘zbekistonning JSTga kirishini tezlatish uchun ayrim korxonalarning maxsus huquqi bekor qilinadi
Jamiyat
−
03 may 9396 1 daqiqa
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi. Bu 30 aprel kuni qabul qilingan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqidagi Prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;
- bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi ta’minlanadi;
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;
- respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun 1994 yilda ariza topshirgan va 2020 yildan boshlab ushbu jarayonda faol ishlashni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagandi. 19 dekabr kuni O‘zbekiston va AQSH O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni doirasida ikki tomonlama bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash protokolini imzoladi. Hujjatni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va AQSH savdo vakili Ketrin Tay imzolagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr