O‘zbekistonning Janubiy Koreyaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
13 yanvar 1908 1 daqiqa
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi 3-tur doirasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoaning ushbu uchrashuv uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni quyidagi tarkib bilan boshlaydi:
Uchrashuv “Prins Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi.
Mazkur yosh toifasida jamoalar o‘zaro so‘nggi bor 2023 yilgi Osiyo o‘yinlarining yarim finalida to‘qnash kelgan. Xitoyda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1:2 hisobida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tkazilayotgan musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarshi uchrashuvda Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi turda esa Ravshan Haydarov shogirdlari Eronga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Hozirda O‘zbekiston 4 ochko bilan “S” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi