Senator ombudsman etib saylandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rniga yangi rahbar saylanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 15 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) etib Feruza Farhodovna Eshmatova saylandi. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati xabar berdi.

Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.

2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing