O‘zbekistonning yana besh hududida dronlar shousi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

AOKAda bo‘lib o‘tgan Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov ishtirokidagi o‘tgan brifingda yangi yil bayrami munosabati bilan tashkillashtiriladigan dronlar shousi haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning turli viloyatlarida ham dronlar shousi o‘tkaziladi:

  • Samarqandda – 5-6 yanvar;
  • Buxoroda – 7 yanvar;
  • Urganchda – 8 yanvar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 9-10 yanvar;
  • Farg‘onada – 16 yanvar.

Ayni damda dronlar Samarqand shahriga yetib borgan va shahar hokimligi binosi yonida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Dron uchirish maydoni va ob-havo talabga javob bersa, shou 18:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahrida uchirilgan dronlar Kadastr agentligining 25 nafar xodimi tomonidan boshqarib turilgan.

“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan 500 ta dron yordamida 8 ta shakl yasalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing