O‘zbekistonning yaqin qo‘shnisini og‘ir suv taqchilligi kutmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaqin yillarda Qozog‘iston nafaqat gaz va elektr energiyasi, balki suv taqchilligiga ham duch keladi. Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda “Orda” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aholi sonining ko‘payishi, iqtisodiy rivojlanish va global isish Qozog‘istonda suv tanqisligiga olib keladi. 2040 yilga borib iste’mol 46 foizga oshadi va tanqislik 12 kub kilometrgacha yetishi mumkin. 

“Yildan yilga sanoat va maishiy tarmoqlarda suvga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda, qishloq xo‘jaligi hanuzgacha suvning eng katta iste’molchisi bo‘lib qolmoqda.

Qozog‘istonning 1543 qishlog‘i yoki 544 ming aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.

Shuningdek, mamlakat 2030 yilga borib sug‘oriladigan yerlar maydonini uch million gektarga yetkazishi kerak. Gidrotexnika inshootlari esa juda eskirgan”, deyiladi xabarda. 

Suv resurslarini monitoring qilish tizimida ham muammolar mavjud – respublikada zarur bo‘lgan 800 ta gidrologik postlardan bor-yo‘g‘i 310 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

751

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing