O‘zbekistonning turli hududlarida jami 16 nafar bemor sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
4171Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatida jami 15 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Buxoro viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar va Namangan viloyatida 3 nafar, jami 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Shu tariqa Buxoroda jami kasallik qayd etilganlar soni 466 nafar bo‘lib, endilikda shundan 457 nafari tuzaldi. Ayni paytda viloyatda davolanayotganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda
Samarqandda jami kasallik aniqlanganlar soni 381 nafar bo‘lib, endilikda shundan 327 nafari sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 52 nafar bemor davolanmoqda.
Namanganda esa shu paytgacha 270 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 254 nafarga yetdi. Shu kunlarda namanganlik shifokorlar yana 12 nafar infeksiyaga chalingan bemor hayoti uchun kurashmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 3475 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi