O‘zbekistonning tashqi savdodagi eng “boy” hamkori qaysi davlat ekanini bilasizmi?
Jamiyat
−
17 yanvar 2020
7418Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlari bo‘yicha xabar bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eksportning asosiy ulushi qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar - 5,1 mlrd dollar (umumiy eksportdagi ulushi 28,5 foiz), xizmatlar - 3,6 mlrd dollar (19,9 foiz), energiya tashuvchilar - 2,5 mlrd dollar (14,1 foiz), to‘qimachilik mahsulotlari - 1,6 mlrd dollar (9,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari - 1,5 mlrd dollar (8,5 foiz), rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 951,3 mln dollar (5,3 foiz), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 876,9 mln dollar (4,9 foiz), qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar - 349,6 mln dollar (2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2019 yil davomida 2,700 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilingan. Ular hisobiga 1 mlrd dollardan ortiq qo‘shimcha eksport amalga oshirilgan. Bundan tashqari, 42 ta mamlakat bozorlariga 206 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirilgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo hamkorlari soni hisobot davrida 178 tani tashkil etdi. Ayni paytda Xitoy (7,6 mlrd dollar yoki 18,1 foiz), Rossiya (6,6 mlrd dollar yoki 15,7 foiz), Qozog‘iston (3,3 mlrd dollar yoki 8 foiz), Koreya Respublikasi (2,7 mlrd dollar yoki 6,5 foiz), Turkiya (2,5 mlrd dollar yoki 6 foiz), Germaniya (980 mln dollar yoki 2,3 foiz), Qirg‘iziston (829 mln dollar yoki 2 foiz), Afg‘oniston (618 mln dollar yoki 1,5 foiz) va AQSH (596 mln dollar yoki 1.4 foiz) tovar aylanmasi bo‘yicha yetakchilar hisoblanishadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi