O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hamon 2019 yilgi darajasiga qaytmadi
Jamiyat
−
19 iyun 2021
37002021 yilning o‘tgan 5 oyi davomida O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 2020 yilning tegishli davriga nisbatan 13,2 foizgacha o‘sgan va 14,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 700 mln dollarga yoki 13,2 foizga ko‘p, lekin 2019 yilning 5 oyi ko‘rsatkichidan 5,5 foizga kam.
Tashqi savdoning o‘sishiga oltin savdosidan tushgan mablag‘ ham kiritilgan bo‘lib, o‘tgan 5 oyda 1 mlrd 195 mln dollarlik oltin sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davrida oltin sotishdan tushgan daromaddan 27,2 foizga kam. Eksportning oltinni hisobga olmagandagi hajmi 4 mlrd 539 mln dollarga teng.
Umumiy savdo aylanmasining 5 mrd 734 mln dollari eksport hissasiga, 8 mlrd 838 mln dollari import hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashqi savdodagi saldo -3,1 mlrd dollarga teng.
LiveBarchasi