O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
25 Oktabr
1722O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi Oybek Shaxavdinov kecha, 24 oktyabrda Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi. Bu haqda Vengriyadagi O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi.
O‘zaro suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan. Oybek Shaxavdinov mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.
Shaxavdinov ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi. U O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi ham sanaladi. Bu lavozimga u joriy yilning mart oyida tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni O‘zbekistonning elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol boshqarmasi boshlig‘i Mirta Yelens Jupanga ham ishonch yorliqlarining nusxasini topshirgandi. Shu bilan u O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi.
LiveBarchasi