O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 sentyabr holatiga 35 mlrd 433 mln dollarni tashkil qildi va o‘tgan bir oyda 320,2 mln dollarga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 762,1 mln dollarga qisqarib, 12 mlrd 429 mln dollarga tushib qolgan.

Oltin-valyuta zaxirasidagi o‘sish sof hisobiga bo‘lgan. Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi 11,8 mln troy unsiyadan 12,1 mln troy unsiyaga yetgan. Oltin zahirasi narxi 21,8 mlrd dollarga yetgan. Avgustga nisbatan o‘sish 331, mln dollarni tashkil qilgan.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sof xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 20,5 mln. dollarga yoki 0,1 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1891,10 dollardan 1814,30 dollargacha yoki 4,1 foizga pasayishi xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltin qiymatining 0,9 mlrd. dollarga kamayishiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing