O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
8331O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, 35 mlrd 403,7 mln dollarni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 497,1 mln dollarga kam degani. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 11,4 mln troy unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21,3 mlrd dollardan 21,1 mlrd dollarga kamaygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 264,5 mln. dollarga yoki 0,8 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1854,40 dollargacha o‘sishining ta’siri 630 mln. dollarni tashkil qildi.
LiveBarchasi