O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixiy ko‘rsatkichga yetdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 avgust kuni Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan mamlakat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ma’lum qildi.

Unda davlat rahbari mamlakatda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, oldinga boshlovchi katta kuchga aylanganini ta’kidladi. O‘zbekiston yetakchisiga ko‘ra, keyingi sakkiz yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2 karra oshib, 2024 yilda 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetgan. 2025 yil yakunigacha yalpi ichki mahsulot 130 milliard dollar bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, respublikaning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 48 milliard dollardan oshgan. O‘tgan sakkiz yilda O‘zbekistonga qariyb 130 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun holati bo‘yicha O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 49 milliard 665 million dollarni tashkil etdi. Unga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8 milliard 483 million dollarga ko‘paygan va 20,6 foiz o‘sishni qayd etgan. Shu tariqa bu o‘sish ketma-ket 5-oy davom etmoqda. Xususan, aprel oyi bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich 410,2 million dollarga yoki 0,83 foizga oshgan. Shuningdek, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2013 yildan (22 milliard 408 million dollar) beri kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Shu bilan birga, hisobotga ko‘ra zaxiralardagi oltin miqdorining fizik hajmi biroz kamaygan va 11,4 troya unsiyani (353,85 tonna) tashkil etgan. Shunga qaramay, qimmatbaho metall narxining ko‘tarilishi ortidan uning narxi 2,2 million dollarga oshib, 37,65 milliard dollar yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing