O‘zbekistonning muomaladagi naqd pullari deyarli yarim trillionga kamaydi
Jamiyat
−
21 avgust 2023
9099So‘m qadrsizlanishi ortidan O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar 445 mlrd so‘mga kamayib, 46,6 trln so‘mga teng bo‘lib qoldi. Bu haqda markaziy bank ma’lumotida so‘z boradi.
1 avgust holatiga ko‘ra, milliy valyutadagi (so‘m) pul massasi ham deyarli 1 trln so‘mga kamayib, 148,1 trln so‘m bo‘lib turibdi. Bunday holat yil boshida ham kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda milliy valyutadagi pul massasi bir oyda 4,5 trln so‘mga qisqargan edi.
Qolaversa, iyul oyida so‘mdagi talab qilib olinguncha omonatlar ham 39,9 trln so‘mga tushib qoldi. Bu esa miqdor o‘tgan davrga nisbatan 1,7 tlrn so‘mga ozayib qolganini anglatadi.
Shunday bo‘lsada, so‘mning qadrsizlangani sabab dollardagi omonatlar 8 oydan beri ilk bor ko‘paygan. Ya’ni ayni paytda O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi omonatlari 44,9 trln so‘mga yetgan. Biroq bu mamlakatda dollarlar ko‘paygani bilan emas, balki iyul oyida so‘mning 400 so‘mlik qulashi bilan ya’ni devalvatsiyasi bilan bog‘liq.
Qisqacha qilib aytganda, dollar turgan joyida ko‘paydi, so‘m esa aksincha.
LiveBarchasi