O‘zbekistonning korrupsiya bo‘yicha reytingdagi o‘rni ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

“Transparency International” xalqaro tashkiloti 2021 yil uchun  “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”ning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog‘onaga ko‘tarilib, 180 mamlakat orasida 140-o‘rinni egalladi. 

O‘zbekiston mazkur indeksda so‘nggi to‘qqiz yil davomida o‘sish (2013 yilda 17 balldan 2020 yilda 28 ballgacha) qayd etib, mintaqadagi tez sur’atlarda yaxshilanib borayotgan davlatlar qatorida e’tirof etilgan.

Reytingda Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya yuqori uchlikni egallagan. Kuchli o‘nlikka Norvegiya, Singapur, Shvetsiya, Shveysariya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Germaniya egallagan.

Eng korrupsiyalashgan davlatlar qatoridan Janubiy Sudan, Suriya, Somali, Venesuela, Yaman joy olgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning mazkur reytingdagi o‘rni maqtanarli darajada emasligini bildirdi. 

“Hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar turibdi. Jumladan, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini ochiqlash, barcha munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish holatlariga chek qo‘yish, korrupsiya jinoyatlari uchun keskin jazo choralarini qo‘llash, davlat xizmatchilari faoliyatiga halollik standartlarini singdirish, aholining korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirib borish – shular jumlasidandir”, degan Burhonov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

544

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing