O‘zbekistonning kimdan qancha qarzi borligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 18,2 mlrd AQSH dollariga teng. Bu yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 31,3 foizni tashkil etadi. 

Xususan, I chorakda davlat tashqi qarzi 0,5 mlrd AQSH dollariga yoki yil boshiga nisbatan 2,9 foizga oshib, joriy yilning 1 aprel holatiga 16,11 mlrd AQSH dollariga yoki YAIMga nisbatan 27,7 foizga yetgan. Shundan, Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 10,9 mlrd AQSH dollarini, Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, davlat ichki qarzi 20,0 trln so‘mni (2,1 mlrd AQSH dollari) yoki YAIMga nisbatan 3,6 foizni tashkil etdi. Shundan, Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 1,7 trln so‘m (0,2 mlrd AQSH dollari)ni, Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,3 trln so‘m (1,9 mlrd AQSH dollari)ni tashkil etgan.

Davlat tashqi qarzi (jami - 16,1 mlrd AQSH dollari) manbalarining taqsimlanishi:

• Osiyo taraqqiyot banki – 3,9 mlrd AQSH dollari;

• Xitoy eksimbanki va davlat taraqqiyoti banki – 3,6 mlrd AQSH dollari;

• Jahon banki – 2,7 mlrd AQSH dollari;

• Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va xalqaro hamkorlik agentligi banki – 2,0 mlrd AQSH dollari;

• Islom taraqqiyot banki – 0,8 mlrd AQSH dollari;

• Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar – 2,1 mlrd AQSH dollari;

• Suveren xalqaro obligatsiyalar – 1 mlrd AQSH dollari.

Ma’lumot o‘rnida, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Qarz barqarorligi tahliliga ko‘ra, o‘zining iqtisodiy salohiyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati kuchli hisoblanadi va ushbu mamlakatlarda davlat tashqi qarzi uchun me’yor Yalpi ichki mahsulotning 50 foizgacha tashkil etishi mumkin.

Ichki imkoniyatlar cheklangan holatda, davlat tashqi qarzi, asosan infratuzilma, sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalariga yo‘naltirilmoqda. Xususan, 2020 yilning 1 choragi yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 30 foizi yoki 4,8 mlrd AQSH dollari energetika sohasiga, 13 foizi yoki 2,1 mlrd AQSH dollari transport infratuzilmasiga, 11 foizi yoki 1,8 mlrd AQSH dollari suv ta’minoti, kanalizatsiya va boshqa uy-joy kommunal infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing