O‘zbekistonning XMT oldidagi qarzini to‘lash uchun muddat belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2024 yilgacha Xalqaro mehnat tashkilotiga 750 ming Shveysariya franki miqdoridagi qarzini to‘lashi kerak. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mehnat tashkiloti (xmt) oldidagi a’zolik badalidan qarzdorligini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro mehnat tashkiloti oldidagi a’zolik badali to‘lovlari bo‘yicha avvalgi yillarda yuzaga kelgan 747 ming 400 Shveysariya franki miqdoridagi qarzdorlik 2024 yilga qadar bosqichma-bosqich qoplanishi lozim.

Bu taklif O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan berilgan. 

Qarorga ko‘ra, qarzdorlik 2022-2024 yillar davomida O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1046

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing