O‘zbekistonning qaysi shahrida aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston shaharlarida aholi soni qanchaligi ma’lum qilindi.  2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikadagi doimiy aholi soni 36 million 24,9 ming kishini tashkil etgan. Eng ko‘p aholiga ega shaharlar alohida ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, undan 10 ta shahar aholisi haqida ma’lumot berilgan. Ularning orasida Namangan 672,2 ming nafar aholisi bilan birinchi o‘rinni egallamoqda. Ro‘yxatdan Termiz shahridan kam aholiga ega shaharlar o‘rin olmagan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar quyida keltirilgan:

Namangan shahri – 678,2 ming kishi;

Samarqand shahri – 573,2 ming kishi;

Andijon shahri – 468,1 ming kishi;

Nukus shahri – 334,6 ming kishi;

Farg‘ona shahri – 305,6 ming kishi;

Qarshi shahri – 289,6 ming kishi;

Buxoro shahri – 289,2 ming kishi;

Qo‘qon shahri – 264,1 ming kishi;

Marg‘ilon shahri – 246,7 ming kishi;

Termiz shahri – 195,9 ming kishi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing