Prezident qancha hududga Internet ham, mobil aloqa ham yetib bormaganini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘ylab 118 ta qishloqqa Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormagan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarning IT ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Prezident u dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytib o‘tgan.

"Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.

Agar yoshlarni IT kasblarga o‘qitishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta’minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", deydi davlat rahbari.

Buning uchun quyidagi 4 ta masalani hal etish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Birinchidan, internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur.

Hududlarning optik tolali tezkor mobil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormagan.

Ikkinchidan, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak.

Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard so‘m grantlar ajratilgan.

Yoki, kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan bo‘lsa, kafil yo‘qligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish rad etilgan.

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing