O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun yakuniy uchlik e’lon qilindi
Sport
−
12 dekabr 2024 17071 1 daqiqa
2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va O‘tkir Yusupov nomzodlari yakuniy uchlik sifatida keltirildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun 14 nafar to‘p ustasining nomi e’lon qilingandi va yakunda 3 nafar futbolchi sovrin uchun asosiy da’vogarga aylandi.
G‘olib nomi 14 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlik qilayotgan Abduqodir Husanov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylangani xabar qilingandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr