O‘zbekistonning davlat qarzi cho‘qqiga chiqdi
Jamiyat
−
30 mart 2023
48689O‘zbekiston davlat qarzi 2022 yilda rekord daraja – 29,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. Bu avvalgi chorakka nisbatan 2,3 foizga ko‘proq.
2022 yilning oxirgi choragida davlat qarzi 2021 yil bilan solishtirilganda 2,9 mlrd dollarga, uchinchi chorakka nisbatan esa 3,1 mlrd dollarga oshgan.
O‘zbekistonda davlat qarzi 2022 yilda 2017 yilga nisbatan 17,6 mlrd dollarga ko‘paygan.
LiveBarchasi