O‘zbekistonning birinchi borti Qozog‘istonga yetib bordi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2022 6159 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.




Live
Barchasi