O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 1 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida kasallik qayd etilib, 1 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 14 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 300 kishiga ortib, 104 113 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 6 nafari Andijon viloyatida;
  • 4 nafari Buxoro viloyatida;
  • 15 nafari Jizzax viloyatida;
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 3 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 5 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 50 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 16 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 8 nafari Xorazm viloyatida;
  • 7 nafari Toshkent viloyatida;
  • 149 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar;
  • Andijon viloyatida 21 nafar;
  • Buxoro viloyatida 8 nafar;
  • Jizzax viloyatida 20 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 26 nafar;
  • Navoiy viloyatida 1 nafar;
  • Namangan viloyatida 19 nafar;
  • Samarqand viloyatida 17 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
  • Toshkent viloyatida 22 nafar;
  • Toshkent shahrida 79 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99986 (+253) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 709 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3418 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing