O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 1 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 264 kishiga ortib, 99 844 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 6 nafari Andijon viloyatida;
  • 2 nafari Buxoro viloyatida;
  • 8 nafari Jizzax viloyatida;
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 49 nafari Samarqand viloyatida;
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 4 nafari Xorazm viloyatida;
  • 43 nafari Toshkent viloyatida;
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar;
  • Buxoro viloyatida 4 nafar;
  • Jizzax viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 13 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar;
  • Toshkent viloyatida 55 nafar;
  • Toshkent shahrida 171 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95 529 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing