O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 1 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 4 iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 4 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 436 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar,
  • Jizzax viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 1 nafar,
  • Samarqand viloyatida 35 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 219 nafar,
  • Toshkent shahrida 150 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97517 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 696 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3223 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing