O‘zbekistonning barcha hududida koronavirus aniqlandi, 1 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
05 iyun 2021
5397Kecha, 4 iyun kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 4 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 436 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 24 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 37 nafari Toshkent viloyatida,
- 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar,
- Jizzax viloyatida 5 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 1 nafar,
- Samarqand viloyatida 35 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 4 nafar,
- Toshkent viloyatida 219 nafar,
- Toshkent shahrida 150 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97517 (+440) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 696 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3223 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi