O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsuli tayinlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2021
4933Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan Otabek Tursinbekov O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi Aqtau shahridagi Bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Tursinbekov 1987 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009-2017–yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shundan so‘ng, Tursinbekov 2017-2021–yillarda O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.
Xabarga ko‘ra, Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.
LiveBarchasi