O‘zbekistonning AQSHga 63 foiz eksporti IT xizmatlariga to‘g‘ri keladi
Olam
−
26 avgust 2023
4560O‘tgan yili O‘zbekistonning AQSHga jami eksportining yarmidan ko‘pi aynan IT xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi. 2022 yilda AQSHga tovarlar va xizmatlar eksporti 124,5 mln dollarga yetgan bo‘lsa, shundan 79 mln dollarlik xizmatlar IT sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami tovarlar va xizmatlarning 63 foiziga teng.
“Keyingi yilga AQSHga eksportimizni yana 50 mln dollarga oshiramiz... Aslida IT xizmatlarini AQSHga eksporti undan (79 mln dollar) ham ko‘p, chunki rasmiy statistika orqali o‘tmasdan masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotganlar soni anchagina, shu jumladan frilanserlar ham”, deb yozdi vazir.
“EPAM kabi katta autsorsing kompaniyalaridan tashqari, AQSHdagi vatandoshlarimiz ham IT parkda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, qo‘shimcha daromad topishi mumkin. Shuning uchun AQSHda yuzdan ortiq vatandoshlar ishtirokidagi ochiq muloqotda rasman ishlayotgan muvaffaqiyatli eksportyorlarimiz o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar”, deb qo‘shimcha qilgan u.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi